“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi uchun jamiyat bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning korxona iqtisodiy samaradorligini ko‘taruvchi g‘oyalari taqdim qilindi.
Ishtirokchilarning loyihalarini baholashda ishlarning o‘ziga xosligi va dolzarbligiga e’tibor qaratildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra,
- birinchi o‘ringa Kadrlar bo‘limi muhandisi Gulnoza Achilovaning loyihasi;
- ikkinchi o‘ringa Xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimasi Moxira Xamrayeva loyihasi;
- uchinchi o‘ringa esa Ishlab chiqarish texnik bo‘limi mutaxassisi Urakova Barno loyihasi munosib deb topildi.
G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
"Qizilqum fosforit kompleksi" MCHJ Matbuot xizmati