Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Yashil makon” loyihasi olib borilmoqda

// 20 November 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (305.2 KB)

Yurtimizda olib borilayotgan islohatlarning bir qismi mamlakatda ekologik holatni barqarorlashtirish, har bir hududda yashil makonlarni tashkil qilishga qaratilmoqda. 

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan esa joylarda “Yashil makon” umummilliy loyihasini ommalashtirish maqsad qilingan. Shu munosabat bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda loyiha doirasidagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

 Kuni kecha jamiyat hududida suvsizlikka chidamli, cho‘l tuprog‘iga mos 5000 tup shumtol  daraxti ekildi. Bundan tashqari, noyabr oxiriga qadar 35000 tup saksovul ekilishi rejalashtirilgan. 

 Hududni yashil makonga aylantirishda korxonaning barcha bo‘lim va sexlaridan faollar ishtirok etmoqda.

"Qizilqum fosforit kompleksi" MChJ Matbuot xizmati