Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Qizilqum fosforit kompleksi ishchilari korxona kutubxonasiga 400dan ortiq kitoblar sovg'a qilishdi

// 12 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (616.53 KB)

So‘nggi yillarda kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor ancha kuchaygan. Ma’naviy-ma’rifiy sohani takomillashtirishga qaratilgan islohotlarning asosiy bo‘g‘ini sifatida ham aynan kitobxonlik muhim hisoblanmoqda. 

Xabaringiz bor, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Kitobxon xodim” marafoni tashkil qilingan edi. Korxona kutubxona fondini boyitish, bu orqali ishchi-xodimlarni kutob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, “Kitobxon xodim” tanlovida ishtirokchilar qamrovini kengaytirish maqsadida tashkil qilingan marafonda, ayniqsa, rahbar xodimlarning qiziqishi baland bo‘ldi. 

Marafonda “Tashkura” karyer jamoasi, Qo‘riqlash, Transport, Ishlab chiqarish bo‘limlari, Kon transport, Fosforit ishlab chiqarish, Temiryo‘l sexlari, MM va SX bo‘limi, Markaziy laboratoriya xodimlari, energetiklar, uskunachilar va dispetcherlar alohida faollik ko‘rsatishdi.

"Qizilqum fosforit kompleksi" MCHJ Matbuot xizmati