Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

// 21 October 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.16 MB)

Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targʻib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etish maqsadida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” respublika tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi.

Tanlov tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Tanlov uchta yoʻnalishda oʻtkazildi. “Oʻzkimyosanoat” AJ ikkinchi yoʻnalish – “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” sifatida vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari orasida faxrli 2-oʻrinni egalladi. “Oʻzkimyosanoat” AJga diplom, esdalik sovgʻalari, shuningdek, 20 million soʻm pul mukofoti topshirildi.

Quvonarlisi, “Fargʻonaazot” AJ aloqa sexi boshligʻi Vladimirovich Oleg Zdobnikov oʻzbek tiliga boʻlgan cheksiz hurmati va mehri uchun Vazirlar Mahkamasining maxsus faxriy yorligʻi hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati