Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida tashkilot tarkibiga kiruvchi korxonalar vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi

// 04 January 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (121.56 KB)

Seminarda Moliya vazirligi vakillari davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish to'g'risida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildilar. Seminar qatnashchilar uchun “Davlat xaridlari to'g'risida”gi qonunning, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi 4544-sonli “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub'ektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorning mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumot berdilar.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi DUK mutaxassislari o'z chiqishlarida ishtirokchilarga loyihadan oldingi, loyiha va tender hujjatlari, texnik shartlar, hamda import kontraktlarini ko'rib chiqish tartibi to'g'risida ham ta'kidlab o'tishdi.

Seminar so'nggida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati