Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish, boshqarish hamda zamonaviy taʼlim metodlari va metodologiyasi” mavzusida 3 kunlik oʻquv seminari yakunlandi.

// 24 December 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (37.9 MB)

“Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish, boshqarish hamda zamonaviy taʼlim metodlari va metodologiyasi” mavzusida 3 kunlik oʻquv seminari yakunlandi.

Seminarning 3-kunida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlimi boshligʻi va “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari ishlab chiqarish va taʼlim muassasasi oʻrtasida dual taʼlim asosida olib borilayotgan 2 yillik hamkorlik tajribalari haqida oʻrtoqlashdi. 

Kombinatning oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashga masʼul xodimi Ulugʻbek Igamberdiyev  kasbiy taʼlim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tajribalarini boʻlishdi.

Tadbirda RKTUning Toshkent shahridagi filiali, “Olmaliq KMK” AJ,  “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali hamda Angren texnologiya texnikumi masʼullari tomonidan dual taʼlim yoʻnalishida hamkorlik qilish masalalarida alohida muzokaralar olib borishga kelishildi.

Ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi