Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Press-tur 2020

// 04 March 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (115.81 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish va OAV orqali yoritish tizimini takomillashtirish yuzasidan 2020 yil davomida Press-tur tashkil etish rejasi tasdiqlandi.
Ushbu rejaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining   2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar va joriy yil hayotga tadbiq etilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ilk Press-tur 2020 yil 4 mart kuni Navoiy viloyatida tashkil etildi.