
“O‘zkimyosanoat“ AJ boshqaruvi raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova hamda jamiyatning Iqtisodiyot va biznesni rejalashtirish departamenti boshlig‘i Ra’no Abduraxmanovalar Chexiyaning Praga shahrida «Gender tengligi, ayollar tadbirkorligi va moliyaviy inklyuziyaga Yevropa yondashuvi» mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarida ishtirok etishdi.
O‘quv-amaliy seminari moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti tomonidan Chexiya Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchilar gender tenglik tushunchasi, Yevropa va global siyosatlar, genderga oid stereotiplarni kamaytirish mexanizmlari, statistikasi va tahlil amaliyoti, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashdi.
Shuningdek, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish instrumentlari (kredit, grant, mikromoliya, venchur kapital), IT-startaplar, raqamli iqtisodiyot va ESG tamoyillari bo‘yicha Yevropa tajribasi o‘rganildi.

Xizmat safari doirasida ishtirokchilar Karlov universiteti hamda Chexiya Milliy bankiga tashrif buyurilib, gender inklyuziya va moliyaviy siyosat yo‘nalishlaridagi ilg‘or amaliyotlar bilan yaqindan tanishishdi.