Polivinilxlorid polietilen va polipropilendan so‘ng dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan sintetik plastik polimerlar qatorida 3-o‘rinda turadi. Tabiiyki, oq va mo'rt holatdagi PVX qurilish, sog'liqni saqlash va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llaniladi.
PVX tasodifan bir marta emas, balki ikki marotaba kashf etilgan. U birinchi marta 1835-yilda fransiyalik kimyogar Anri Viktor Reno tomonidan kashf etilgan bo‘lsa, 1872-yilda nemis mutaxassisi Yevgeniy Baumanning kashfiyoti sifatida ham tilga olinadi.
Ikkala holatda ham polimer tarkibida vinilxlorid bo‘lgan kolbalarda quyosh nuri ta’sirida qoldirilib, oq rangli qattiq moddaga aylangan.
PVX chidamliligi tufayli turli maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlar turiga kiradi. Iqlim o‘zgarishlari, chirish, kimyoviy korroziyaga bardoshli bo‘lgani bilan ajralib turadi.
Yevropa vinil ishlab chiqaruvchilar Kengashi mutaxassislari tomonidan olib borilgan so'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ba'zi hollarda PVX 70 yilgacha xizmat qilishi mumkin.
Yengil va hamyonbop bo‘lganligi uchun polivinilxloridga axborot texnologiyalari, transport va to'qimachilik kabi sohalardа talab yuqori.
"Navoiyazot" AJ Matbuot xizmati