
Polietilentereftalat (PET) ning ikkilamchi ishlab chiqarish hajmi 2024-yildagi 24,8 mln tonnadan 2033-yilga kelib 81,4 mln tonnagacha oshishi kutilmoqda. Bu davrda oʻrtacha yillik oʻsish surʼati (CAGR) 13,8% ni tashkil etadi. Bu haqda konsalting kompaniyasi Mark&Spark Solutions tahliliy hisobotida maʼlum qilingan.
2023-yilda jahonda PET-butilkalar chiqindilari hajmi 70 mln tonnaga yetgan, 2030-yilga kelib esa bu koʻrsatkich 94 mln tonnagacha oʻsishi mumkin. Biroq qayta ishlash darajasi hozircha past — taxminan 30% atrofida.
Tahlilchilar fikriga koʻra, bozor oʻsishining asosiy drayveri tartibga soluvchi chora-tadbirlar boʻladi. Ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan masʼuliyati (EPR) tizimlari allaqachon 60 dan ortiq mamlakatda joriy etilgan. Yevropa Ittifoqi esa 2029-yilgacha plastik butilkalarning 90% ni alohida yigʻish maqsadini qoʻygan.Qayta ishlangan PETning eng katta isteʼmolchisi hanuzgacha toʻqimachilik sanoati boʻlib qolmoqda —barcha qayta ishlangan xom ashyoning 40% i soha hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Yana 20% oziq-ovqat konteynerlari va butilkalar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi, 10% dan esa termoformalanuvchi listlar va PET-plyonkalar ishlab chiqarishga toʻgʻri keladi. Qolgan 15% sanoat qadoqlash materiallari, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarga sarflanadi.
Hisobotga koʻra, PETni qayta ishlash boʻyicha eng yirik hududlar Xitoy — yiliga 4,75 mln tonna, Yevropa — taxminan 3 mln tonna va AQSH — 2 mln tonna hisoblanadi.
Undan keyin Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Afrika keladi.