Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Olimlar plastik chiqindilarini sirka kislotasiga aylantirish usulini taklif qilishdi

// 24 March 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (40.15 KB)

Xalqaro olimlar guruhi plastmassa chiqindilarini quyosh nuri yordamida sirka kislotasiga aylantirish usulini ishlab chiqdi. Tadqiqot natijalari Advanced Energy Materials jurnalida eʼlon qilingan.

Ular temirning yakka atomli katalizatorlaridan foydalangan holda uglerod nitridi asosida fotokatalizator yaratishdi. U koʻrinadigan nurni yutib, plastik polimer zanjirlarini parchalovchi qator kimyoviy reaksiyalarni boshlaydi.

Ishlab chiquvchilarning maʼlumotiga koʻra, ushbu texnologiya suv muhitida plastikning asosiy turlarini — polietilentereftalat, polietilen, polipropilen va polivinilxlorid (PVX)ni qayta ishlash imkonini berishi mumkin.Shu bilan birga, hozircha bu usul laboratoriya bosqichida ekani taʼkidlanmoqda. Mutaxassislar fikricha, kelajakda u plastikni qayta ishlash uchun quyoshga asoslangan qurilmalar yaratishga zamin boʻlishi mumkin.