Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ Ijro apparati va tizim korxonalari xodimlari oʻrtasida odob-axloq qoidalariga rioya etishni qatʼiy yoʻlga qoʻyish boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi

// 08 June 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.16 MB)

Yurtimizda maʼnaviyat, maʼrifatni targʻib qilish, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlat organlarida faoliyat yurituvchi har bir xodim, avvalambor, tashqi koʻrinishi, kiyinishi, yurish-turishi bilan boshqalarga namuna boʻlishi, odob-axloq qonun-qoidalariga mos xatti-harakatlari bilan fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan hurmat va ishonchini oshirishga xizmat qilishi zarurligi barchamizga maʼlum.

Joriy yilning 7-iyun sanasida “Oʻzkimyosanoat” AJda kengaytirilgan tartibda yigʻilish oʻtkazildi. Ijro apparati va tizim korxonalari xodimlari oʻrtasida Odob-axloq qoidalariga rioya etishni qatʼiy yoʻlga qoʻyish kun tartibidan oʻrin oldi.

Mazkur yigʻilish bayonidan kelib chiqib, jamiyatning 2022-yil 23-maydagi “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Odob-axloq masalalari boʻyicha tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etishni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 65-son buyrugʻi qabul qilindi. Bunga koʻra, Odob-axloq masalalari boʻyicha maxsus ishchi komissiya tarkibi yangilandi. Odob-axloq qoidalari meʼyorlarining buzilishi qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Mazkur qabul qilgan buyruq “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining muhim hujjatlaridan biri hisoblanadi. Unda jamiyatda ishlovchi va hamkorlikda ishlayotgan har bir xodimdan kutilayotgan – xizmat va odob-axloq qoidalari qatʼiy belgilab berilgan.

Jamiyatning “Xizmat odobi kodeksi” huquqbuzarliklarning oldini olishga, sodir etilish sabab va sharoitlarini bartaraf etishga, xodimlarda yuksak huquqiy ongni tarbiyalashga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ogʻishmay rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga hamda jahon amaliyotidagi xizmat odobining yuqori kasbiy va axloqiy talablariga yoʻnaltirilgan.

2020-yil 9-oktabrda “Oʻzkimyosanoat” AJning 87-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Xizmat odobi kodeksi”ga 2022-yil 23-maydagi “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Odob-ahloq masalalari boʻyicha tartib qoidalariga qatʼiy rioya etishni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 65-son buyrugʻi bilan bir qator oʻzgartishlar kiritildi.

Jamiyatda kiyinish tartiblari xodimlar oʻrtasida oʻzaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish, xodimlarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga toʻliq rioya etishlarini tartibga solish, xodimlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga koʻmaklashish maqsadida ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida odob-axloq masalalari boʻyicha tartib-qoidalar xodimlarga batafsil tushuntirib berildi. Ushbu talablar buzilgan taqdirda, zaruriy intizomiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida barcha xodimlar va masʼullar ogohlantirildi.