Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"O'zkimyosanoat stipendiyasi" uchun hujjatlar qabuli boshlandi

// 18 September 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (198.15 KB)

Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etilganligidan xabaringiz bor. Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari mazkur stipendiya sohibi bo‘lishlari mumkin.

“O‘zkimyosanoat stipendiyasi”ni qo‘lga kiritish uchun nomzodlar o‘z hujjatlarini joriy yilning 24-sentabriga qadar quyidagi havola orqali taqdim etishlari talab etiladi:

https://docs.google.com/forms/d/1HyqixBhm_c7hxR3wsVoX93-Sq44Zs97EqeJyjdtln3c/prefill

Quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiya belgilanadi:

  • Kimyoviy texnologiya  -18.03.01;
  • Texnosfera xavfsizligi - 20.03.01;
  • Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi - 29.03.04;
  • Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi - 29.03.04;
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) - 5311000;
  • Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) - 5320400;
  • Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi - 5321300;
  • Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi - 5322200;
  • Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) - 5630100;
  • Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) - 5А320401;
  • Katalizatorlar va absorbentlar texnologiyasi -5А320402;
  • Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari bo‘yicha) 5А320405;
  • Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyalar - 5А321401;
  • Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) - 5А630101.

Yuqori bosqich talabalari uchun ta’lim faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlar (oxirigi 2 (ikki) semester davomida, 1-bosqich talabalari uchun (oxirigi 1 (bir) semester reyting ko‘rsatkichi “a’lo” (85 balldan yuqori natija) bo‘lishi talab etiladi.

Quyidagi hujjatlar baholash jarayonida qo‘shimcha ball olishga asos bo‘ladi:

  • Tadqiqot va (yoki) innovatsiyalarda yuqori ko‘rsatkichlar (respublika, viloyat hamda xalqaro olimpiyadalar  va talabalar konferensiyalarida ilmiy maqolalari, sovrinlarining mavjudligi).
  • Chet tilini bilishini tasdiqlovchi IELTS (6,5 balldan past bo‘lmasligi lozim) yoki boshqa shu turdagi sertifikatga ega ekanligi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talaba ushbu hujjatlarni taqdim etishi lozim:

Majburiy hujjatlar:

  • fuqarolik pasporti yoki ID nusxasi;
  • 2 dona (3х4 hajmdagi ) rasm;
  • Reyting daftarchadan ko‘chirma (rektor yoki rektor o‘rinbosari tomonidan “asliga to‘g‘ri” belgi bilan muhr bosilgan nusxa);
  • rektor nomidan talaba to‘g‘risida tavsifnoma;
  • talaba tomonidan kelajak 5 yillik rejasi to‘g‘risida yozilgan insho.

Qo‘shimcha hujjatlar:

  • talabaning boshqa yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (maxsus kurslarni tamomlaganligi, IELTS va boshqa diplomlar);
  • tadqiqot va (yoki) innovatsion faoliyatidagi yuqori ko‘rsatkichlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
  • O‘qishni tamomlagandan so'ng 3 oy ichida stipendiya sovrindorlari “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining kadrlar zaxirasiga kiritilishi “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradigan har qanday korxonaga ishga joylash ustuvorligiga ega bo‘lishi bilan tanishganligini tasdiqlagan holda talabaning roziligi to‘g‘risida yozma ariza