Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"Oʻzkimyosanoat kubogi" oʻz egalariga topshirildi!

// 28 August 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (52.05 MB)

Sport — sogʻlom hayot asosi. Jismoniy faollik nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki jamoaviy ruhni oshiradi, yaxlitlik va birdamlikni shakllantiradi. "Oʻzkimyosanoat kubogi" chempionati aynan shu maqsadda tashkil etildi. 

Taʼkidlash joiz, musobaqaning har bir kuni shiddatli va qiziqarli oʻyinlarga, murosasiz bahslarga boy boʻldi. Bugun RKTUning Toshkent shahridagi filialida chempionat gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Unda boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Korjikov ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarni tabrikladi, musobaqalarning jamoaviylikni mustahkamlash hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishdagi ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Gʻolib jamoalar va faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari, diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati