Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O‘zkimyosanoat” korxonalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari

// 24 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (846.41 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarini 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash maqsadida markaziy komissiya tuzilib, har bir korxonada zarur chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.



Belgilangan rejalar asosida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarida kapital hamda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, 13,3 km elektr tarmog‘i, 900 metr issiqlik va 300 metr suv ta’minoti tarmoqlari, 100 metr gaz tarmog‘i ta’mirlandi. Shuningdek, 27 ta transformator podstansiyasi va 5 ta qozon ta’mirdan chiqarildi.
 

Qo‘shimcha ravishda, issiqlik tizimlarida 1 266 m² izolyasiya ishlari, 14 ta gaz taqsimlovchi punkt reviziyasi, 9 966,2 m² tom qoplamalarini ta’mirlash, 680,1 m² deraza oynasi o‘rnatish hamda 4 395,1 pogon metr temir yo‘llarni ta’mirlash ishlari bajarildi.

 

Ko‘rilgan choralar korxonalarning elektr, gaz, suv va issiqlik ta’minotini ishonchli tashkil etish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda ishlab chiqarish jarayonlarining kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.