Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O‘zkimyosanoat” AJda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan idoraviy chora-tadbirlar dasturi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi

// 07 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (11.39 MB)

Bugun “O‘zkimyosanoat” AJda boshqaruv raisi rahbarligida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan idoraviy chora-tadbirlar dasturi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda  tarmoq korxonalari mas’ullari ishtirok etishdi. 

Tizim korxonalarida hozirgi kunda 5227 nafar yosh xodim faoliyat yuritmoqda. Yig‘ilishda 2023-yilda yoshlar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, yosh xodimlarning malakasini oshirish, qiziqishlarini qo‘llab–quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi sport musoboqalari va intellektual tanlovlar o‘tkazish, huquqiy ongi va madaniyatini mustahkamlash, munosib mehnat sharoitini yaratish kabi masalalariga to‘xtalib o‘tildi. 

Shu bilan birga, mas’ullarga yosh mutaxassislarni xorijiy tillarga o'qitish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil qilish yuzasidan vazifalar berildi. Buning uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, til bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish borasida fikr almashildi.  

Xorijiy tillarni bilgan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Qolaversa, "Yosh kitobxon", "Yosh kitobxon oila" respublika tanlovlarida korxona yoshlarining ishtirokini ta'minlash zarurligi haqida so'z bordi.