Xabar berganimizdek, tarmoq korxonalarida faoliyat yurituvchi barcha yoshdagi xodimlar uchun “Yosh kitobxon xodim” koʻrik-tanlovlari oʻtkazildi.
Diyorimizda yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutaffakirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish maqsadida tashkil etilgan kitobxonlik koʻrik-tanlovlarida jamiyat tarmoq korxonalari xodimlari har yili faol ishtirok etishadi.
Bugungi tanlovda ham 30 yoshgacha boʻlgan xodimlar badiiy asarlar bilimdoni, tezkor savol-javob, sheʼriyat, buyuk mutafakkir va adib kabi 4 ta shart boʻyicha bellashishdi va bilimlarini namoyon etishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati