Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJda Vengriyaning Obuda universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

// 02 March 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (18.82 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi hamda Vengriyaning nufuzli texnik oliy taʼlim muassasalaridan biri — Obuda universiteti rektori  boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Muloqot chogʻida taʼlim, ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash va zamonaviy innovatsion yechimlarni ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi ishlab chiqarish quvvatlari va mineral-xomashyo bazasini hisobga olgan holda qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ilgari surildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni aniq loyihalar asosida rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan yakdil fikr bildirdilar.