Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat" AJda “Maʼnaviyat marafoni” boʻlib oʻtdi

// 20 November 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (777.18 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayram tadbiridagi nutqida “Biz bir boʻlsak- yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” gʻoyasini ilgari surgan edi. Shu munosabat bilan joylarda milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar va vatanparvarlikni keng targʻib qilish maqsadida “Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat marafon”larini oʻtkazib borish koʻzda tutilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJda boʻlib oʻtgan “Maʼnaviyat marafoni”nining ilk kuni 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunga bagʻishlandi. Tadbirda Jamiyat Yuridik boshqarmasi yetakchi yuristkonsulti Usmon Aliyev shu yili “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar va yangiliklar haqida tadbir ishtirokchilariga taqdimot qilib batafsil maʼlumotlar berdi. Jumladan, bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida transport salonlarida foydalanishga ruxsat etilganligi taʼkidlandi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraхmanova soʻzga chiqib, jamiyat xodimlarini “Maʼnaviyat marafoni” doirasida tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faollikka chaqirdi.