Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJda ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati yana tasdiqlandi

// 26 May 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (25.37 MB)

Mamlakatimizda davlat siyosatida shaffoflik, xolislik va masʼuliyatli boshqaruvni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida xalqaro standartlarga muvofiq tizimlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJda ham korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimi shakllantirilgan boʻlib, Jamiyat 2025-yilda “CERT International” xalqaro akademiyasi tomonidan muvaffaqiyatli auditdan oʻtib, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi nufuzli xalqaro standart — ISO 37001:2016 sertifikatiga ega boʻlgan edi.



Mazkur sertifikat 3 yil muddatga berilib, har yili kuzatuv auditi oʻtkaziladi. Joriy yilning 25–26-may kunlari “CERT International” MCHJ auditorlari tomonidan navbatdagi kuzatuv auditi tashkil etildi. Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan audit yakunlariga koʻra, “Oʻzkimyosanoat” AJ ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi yana bir bor tasdiqlandi.



Ushbu natija Jamiyatda shaffof va samarali boshqaruv tizimi izchil yoʻlga qoʻyilganini namoyon etib, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlash hamda global bozorda raqobatbardoshlikni taʼminlashga xizmat qiladi.