Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJda CSCEC korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

// 12 May 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (19.27 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisi Xitoyning yirik investitsiya-qurilish korporatsiyalaridan biri — “China State Construction Engineering Corporation” (CSCEC) kompaniyasi prezidenti yordamchisi, shuningdek, China Construction Fifth Engineering Division direktorlar kengashi raisi Tyan Veygo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuv davomida tomonlar kimyo sanoatida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Muloqot chogʻida sanoat infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda xalqaro tajribadan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.



Maʼlumot uchun, China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) — Xitoy Xalq Respublikasi hukumati boshqaruvi ostida faoliyat yurituvchi dunyodagi eng yirik investitsiya-qurilish konglomerati hisoblanadi. Kompaniya Xitoydagi yirik infratuzilma obyektlari hamda global “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning asosiy ijrochilaridan biri sifatida tanilgan.



Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish va kelgusida aniq amaliy loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga qiziqish bildirdilar.