Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O‘zkimyosanoat” AJ – Yoshlar bilan ishlashda eng namunali 30 tashkilotdan biri!

// 30 June 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (251.53 KB)

Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning salohiyati va ijtimoiy faolligini ro‘yobga chiqarish borasida tizimli faoliyat olib borayotgan “O‘zkimyosanoat” AJ yurtimizda yoshlar bilan ishlashda ilg‘or tajriba namoyon etgan tashkilotlar qatoridan o‘rin oldi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublika bo‘yicha 150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan tanlab olingan eng faol “TOP-30” tashkilot ro‘yxatiga “O‘zkimyosanoat” AJning ham e'tirof etilishi – tizimda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida berilgan yuksak baho hisoblanadi.

Bugungi kunda jamiyat tizim korxonalarida yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion, intellektual, sport va ijtimoiy loyihalarga jalb etish, rag‘batlantirish va malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammadbobur Abdurazakov  tashabbus va faoliyati ushbu yutuqlarda muhim o‘rin tutib, uning yoshlar bilan ishlashdagi namunali yondashuvi alohida e’tirof etildi.

Ushbu e'tirof — yoshlar siyosatini tizimli asosda amalga oshirish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samarasi hisoblanadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati