
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmoni talablariga muvofiq, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda ochiqlik va korporativ boshqaruv standartlarini kuchaytirish doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan xalqaro ESG reytingini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Jamiyat S&P Global xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, 2025 yil 17 fevralda ilk bor ESG reytingiga ega bo‘lgan. Baholash natijalariga ko‘ra, jamiyat 29 ball to‘plab, O‘zbekistonda ushbu agentlik tomonidan ESG reytingi berilgan birinchi kompaniya sifatida e’tirof etilgan.
Barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va samarali korporativ boshqaruv yo‘nalishlarida amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida joriy yilda “O‘zkimyosanoat“ AJning ESG ko‘rsatkichi 36 ballga yetdi.
Baholashda quyidagi yo‘nalishlar asosiy o‘rin tutdi:
Mazkur yutuqlar “O‘zkimyosanoat AJ” da ESG tamoyillarini tizimli joriy etish va xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat yuritish borasida olib borilayotgan islohotlar samarasini tasdiqlaydi.