Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining ekologik taʼsiri: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida anjuman tashkil etildi

// 19 December 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (22.68 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining ekologik taʼsiri: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida anjuman tashkil etildi

Unda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi mutaxassislari, tarmoq korxonalarining sohaga doir bir qator masʼullari ishtirok etishdi. 

Anjuman kimyo sanoatining atrof-muhitga taʼsirini tahlil qilish, mavjud muammolarga yechim topish, bunda ilgʻor texnologiyalar va xalqaro tajribalarni oʻrganish, qolaversa, barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun ekologik tozalikni saqlash boʻyicha taklif hamda loyihalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.  

Jamiyatning Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamentining Ekologiya va yashil iqtisodiyot boʻlimi rahbari Doniyor Niyozov kimyo sanoatda atrof-muhitga taʼsir etuvchi asosiy omillar boʻyicha taqdimot qildi. 

Ishtirokchilar, shuningdek, mamlakatimizda kimyo sanoatida ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyilgan ekologik talablar va standartlar, qayta tiklanuvchi resurslardan samarali foydalanish, ekologik javobgarlik va axborot shaffofligi boʻyicha fikr almashdilar.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati