Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq koxonalarida ishlab chiqarishga ilgʻor standartlar joriy etiladi

// 12 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (731.41 KB)

Sanoatni rivojlantirish, mahsulotlar sifatini oshirish, jahon bozorlariga chiqish — koʻp jihatdan xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etishga bogʻliq. “Oʻzkimyosanoat” AJda ham bu jarayon kun tartibidagi muhim yoʻnalishlardan biri hisobalanadi.

Xususan, tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, raqobatbardoshliligini oshirish va xalqaro bozorlarda oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish maqsadida muntazam ravishda xalqaro va davlatlararo standartlarni tahlil qilish va ularning texnik parametrlarini oʻrganish va amaliyotga joriy etib kelinmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 2019-2021-yillarda roʻyxatga olingan tashkilot standartlari oʻrniga 173 ta milliy standartni ishlab chiqish belgilangan boʻlib, bu borada bugungi kunga qadar STQ-20 “Kimyo sanoati” texnik qoʻmitasi tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, bir nech turdagi standartlarni unifikatsiya qilish orqali 55 ta (OʻzMSt) Oʻzbekiston  milliy standarti tasdiqlandi, 28 ta Tashkilot standartlari oʻrnini bosuvchi davlatlararo GOST standartlari mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga 90 ta Tashkilot standarti bugungi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan deb topildi.

Hozirda qabul qilingan 122 ta xalqaro ISO standartlarini korxonalar laboratoriyalariga joriy qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Umuman yil yakuniga qadar umumiy hisobda 200 ga yaqin ISO standartlari joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, ayni paytda ishlab chiqarishda, esport va import jarayonlarida mahalliy va ilgʻor xorijiy sandartlarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Bu oʻz navbatida nafaqat ichki bozorga sifatli kimyo  mahsulotlari yetkazib berish balki, tashqi savdoni ham ragʻbatlantirish imkonini beradi

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati