Poytaxtimizdagi «Oʻzekspomarkaz» milliy koʻrgazmalar zalida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻz ishini boshladi.
Sanoat sohasini rivojlantirish, mamlakatimizning yirik sanoat tashkilotlari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan koʻrgazmada “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan 200 ga yaqin import qilinayotgan va tarmoq korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Yarmarka respublikaning yirik sanoat tashkilotlari oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bilan bir qatorda ishtirokchilarga mahsulotlar haqida maʼlumot taqdim etish va istiqbolli qoʻshma loyihalarni rejalashtirish uchun oʻziga xos maydon hisoblanadi.
Tadbir davomida B2B va B2G formatida muzokaralar oʻtkazish hamda oʻzaro manffatli shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Sanoat yarmarkasi 19-dekabrga qadar davom etadi.