Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ MES - 2026 Mintaqaviy ekologik sammitida ishtirok etmoqda

// 23 April 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (22.98 MB)

Astana shahrida boʻlib oʻtayotgan MES -2026 Mintaqaviy ekologik sammitida  “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari ham qatnashmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim oʻzgarishi va ekologik muammolarga umumiy yechimlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan sammitda yashil moliyalashtirish ehtiyojlarini aniqlash, past uglerodli texnologiyalarni jadal rivojlantirish va mintaqaning ekologik barqarorligini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat berilgan. MES–2026 EXPO koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston pavilyoni alohida eʼtibor markazida. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJning maxsus stendi joylashtirilib, soʻnggi yillarda ekologik yoʻnalishda erishilgan natijalar keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. 

Jumladan, jamiyatning xalqaro maydondagi nufuzini tasdiqlovchi S&P Global tomonidan berilgan ESG reytingiga oid maʼlumotlar ham namoyish etilmoqda.Shuningdek, stendda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida amalga oshirilayotgan strategik ahamiyatga ega loyihalarga ham alohida urgʻu berilgan. Ular orasida ACWA Power bilan hamkorlikda tashkil etilgan “ACWA Power UKS Green H2” qoʻshma korxonasi negizidagi yashil vodorod ishlab chiqarish va uni qayta ishlash orqali yashil mineral oʻgʻitlar tayyorlash tashabbuslari mavjud.

“Oʻzkimyosanoat” AJning mazkur sammitdagi ishtiroki nafaqat sohadagi ekologik masʼuliyatni namoyon etadi, balki Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish yoʻlidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.