Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Chirchiq kimyo industrial texnoparkida tadbirkorlar bilan uchrashdi

// 09 June 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (23.06 MB)

“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiyalar va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.



Tadbir doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi sohadagi investisiya imkoniyatlari, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan fikr almashdi. Suhbat chog‘ida hududlarda zamonaviy sanoat maydonlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.



Shundan so‘ng mehmonlar texnoparkda yaratilgan shart-sharoitlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda rezident korxonalarning faoliyati bilan tanishdilar.



Uchrashuv ishtirokchilari “Chirchiq” texnoparki tajribasi hududlarda yuqori qo‘shimcha qiymatli sanoat loyihalarini rivojlantirish uchun muhim namuna bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.