Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

// 17 November 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (360.53 KB)

Poytaxtimizda “16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, diniy konfessiyalar vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan hamyurtlar, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdi.

Yurtimiz ravnaqi va maʻnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonlari oʻz egalariga topshirildi.

Quvonarlisi, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova ham “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Taʼkidlash joiz, davlatimiz rahbari tomonidan diniy-maʻrifiy sohada olib borilayotgan siyosat natijasida fuqarolarning vijdon erkinligi, dinlararo va millatlararo totuvlik taʻminlanayotgani, mazkur koʻkrak nishonining taʻsis etilgani va taqdim etilayotgani esa ushbu soha rivojiga boʻlgan yuksak eʻtiborning amaliy ifodasidir.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbout xizmati