Bugun poytaxtimizda “Oʻzkimyosanoat” AJ va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birga amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda Kimyoviy texnologiyalar markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida master-planning jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari, davlat idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etdilar.
Unda mazkur loyihaning mamlakatimiz kimyo sanoatini transformatsiya qilish va ilmiy-texnik salohiyatni oshirishga qaratilgan muhim qadam ekanligi taʼkidlandi.
Loyihaning asosiy maqsadlari va rejalari quyidagilardan iborat:
Ushbu tashabbus, shuningdek, Koreya Respublikasiga 10 nafar doktorantura va 12 nafar magistratura taʼlimi uchun munosib nomzodini yuborish va ularning bilim va malakalarini oshirishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda, 7 nafar doktorant va 11 nafar magistrant Koreyaning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda.
Tadbir ishtirokchilari KOICA va KRICT bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikni yuqori baholashdi, aytilishicha, ushbu loyiha nafaqat ilmiy va ishlab chiqarish sohalarida, balki kadrlar tayyorlash, texnologiyalar transferi va investitsiya muhitini yaxshilash sohalarida ham katta imkoniyatlar yaratishini taʼkidladilar.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati