Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Oʻzbek ayolining aqlu zakosi – ilm, taʼlim va innovatsiya sari!

// 13 October 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.17 MB)

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Taʼlim, ilm va innovatsiyaga bagʻishlangan – Oʻzbek ayolining aqlu zakosi” nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda institut rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirning maqsadi ayollar va qizlarning taʼlim, fan, innovatsiya sohalaridagi oʻrni va hissasini eʼtirof etish, yosh avlod qizlarini ilm va maʼrifat sari ilhomlantirish, ularning yetakchilik salohiyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Tadbir avvalida tashrif buyurgan mehmonlar institut olimalari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanmalar hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan soʻng mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va maʼnaviy faolligini kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.Yakunda ilm-fan va innovatsiya yoʻnalishida faol ishtirok etayotgan eng faol olimalar hamda iqtidorli talaba qizlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.