
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan 2026-yil 17-iyun kuni e’lon qilingan navbatdagi reyting natijalariga ko‘ra, “Navoiyazot” AJning reyting prognozi “barqaror” (stable) darajasidan “ijobiy” (positive) darajasiga o‘zgartirildi.
Mazkur qaror jamiyatning moliyaviy ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlayotgani, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, investitsiya dasturlarining izchil ijrosi hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar xalqaro darajada ijobiy baholanganini ko‘rsatadi.
Jamiyat kelgusida ham ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan faoliyatni izchil davom ettirish orqali xalqaro moliya bozorlari ishtirokchilari va investorlar ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan strategik vazifalarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Shuningdek, reyting prognozining “Ijobiy” darajaga ko‘tarilishi yaqin istiqbolda jamiyatning kredit reytingi yanada yaxshilanishi ehtimoli mavjudligini anglatadi hamda uning kreditga layoqatliligi, moliyaviy barqarorligi va xalqaro kapital bozorlaridagi investitsiyaviy jozibadorligining ijobiy baholanayotganidan dalolat beradi.