“O‘zkimyosanoat” AJning “Ekologiya va “yashil” iqtisodiyot boʻlimi mas'ullari joriy yilning 12-15-may kunlari “Navoiyazot” AJda boʻlishdi.
“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ekologik barqarorlikni oshirish hamda muammolarni hal etish maqsadida mas’ullar “Navoiyazot” AJga qarashli oqova suvlarni biokimyoviy tozalash inshootini koʻzdan kechirdilar.
Shu bilan birga, asosiy ishlab chiqarish maydonchasidagi sexlarda chang -gaz tozalash uskunalarining ishlash holati, shu jumladan, 23-sex binosiga oʻrnatilgan qoʻshimcha (skrubber) va boshqa texnik koʻrsatkichlar oʻrganildi.
“Navoiyazot” AJ hududida “Yashil belbog‘” barpo etish hamda “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati