Milliy liboslar nafaqat o‘zbek ayollarining go‘zalligini namoyon etadi, balki ularning millat sha’ni va g‘ururini ulug‘lashga bo‘lgan intilishini ham namoyon etadi.
“Xon atlas” festivali qadriyatlar tarannumi, liboslar namoyishi, yosh avlodni an’analarga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni bilan kimyogar ayollar uchun ham sevimli tadbirga aylandi.
Bugun korxona xotin-qizlari ishga odatdagidan biroz o‘zgacha ko‘rinishda, milliy liboslarda kelishdi. O‘zbek ayolining baxtiyor qiyofasi nafaqat fotosuratlarga, balki qalblarga ham muhrlandi. Ko‘rgan ko‘zni quvontiradigan, qalbga milliy g‘urur va iftixor hissini jo etgan festival go‘zallik, nafosat bayramiga aylandi.
"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI