Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Navoiyazot” AJda ko'kalamzorlashtirish ishlari

// 23 November 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (883.89 KB)

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Navoiyazot” AJda kuzgi ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda. Xayrli tashabbusda faol ishtirok etish uchun jamiyat hududida 6 gektardan ortiq yer maydoni tanlab olinib, mavsum davomida 20 ming tup daraxt ekish rejalashtirilgan. 

Belgilangan reja asosida  3500 dona gujum, 16500 dona tut ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilyapti. Bu tadbirlarga 300 nafarga yaqin xodim jalb etilgan.

Korxona hududida “Yashil makon”larning tashkil etilayotgani  ekologik muhit musaffoligiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI