Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Navoiyazot” AJ tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

// 15 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (979.82 KB)

Bugun Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida "Navoiyazot” AJ tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Marosimda viloyat hokimligi mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, yurtimizning turli hududlari va xorijdan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi.

Dastlab jamiyatning tarixi va bugungi kundagi ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirgan videorolik namoyish etildi. Yillar davomida bosqichma-bosqich erishilgan yutuqlar, bu yo‘lda fidokorona mehnat qilgan faxriylar va korxona sobiq rahbarlarining hissasi alohida e’tirof etildi.

Shonli sana munosabati bilan kimyogarlar va soha vakillarini viloyat hokimi Normat Tursunov, “O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisi Timur Muxammedjanov, NKMK AJ bosh direktori Quvondiq Sanaqulov hamda “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovlar muborakbod etishdi. 

 

Ta'kidlash joiz, yurtimiz kimyo sanoati drayveri hisoblangan korxonaning hozirda yillik ishlab chiqarish hajmi 414,3 mln dollarni tashkil etayotgani, 80 turdan ortiq kimyoviy mahsulot va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi, 25 dan ziyod asosiy va 20 dan ortiq yordamchi sexlar faoliyat yuritishi ta’kidlandi. 2024-yilda davlat budjetiga 617 mlrd. so‘m to‘lov amalga oshirilib, yillik daromad 5,9 trln. so‘m, eksport hajmi esa 103 mln. dollarni tashkil etdi. Quvonarlisi, korxona xalqaro barqaror kredit reytingini qo‘lga kiritdi. Bu esa yangi loyihalar uchun keng imkoniyat eshiklarini ochdi.  O‘zbekistondagi kimyoviy mahsulotlar hajmining 30 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradigan «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati deyarli barcha sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, yoqilg‘i-energetika kompleksi ehtiyojlarini qoplaydi. Korxonaning eksport imkoniyatlari ham yildan yilga ortib borayotgani e’tirof etildi. Agar 2023-yilda eksport hajmi 55,5 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 69,3 mln. dollarga yetdi. Bu esa 24 foizga o‘sishni ko‘rsatadi. Ammiak selitrasi, karbamid, PVX, suyuq xlor, ammoniy xloridi singari 20 ga yaqin mahsulot turi eksport qilinmoqda.

Tantanali tadbirda korxonadagi faoliyati hamkasblariga oʻrnak boʻlgan, bilimi, tajribasi, kasbiy mahorati bilan faollik koʻrsatgan bir guruh kimyogarlar, soha vakillariga viloyat hokimligi, “Oʻzkimyosanoat”AJ, “Navoiyazot”AJning faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI