Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Mustaqillik kubogi”: stol tennisi boʻyicha gʻoliblar aniqlandi

// 17 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.07 MB)


Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tarmoq korxonalari oʻrtasida tashkil etilgan “Mustaqillik kubogi” musobaqalarining stol tennisi sport turi boʻyicha bahslar tashkil etildi.


 

Musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi bahslarida
1-oʻrinni “Fargʻonaazot” AJ vakili Valixonov Ikromxon,
2-oʻrinni “Maxam-Chirchiq” vakili Kudaykulov Ablayxan,
3-oʻrinni “Oʻzkimyosanoat” AJ vakili Muxtorov Rahimjon egalladi.


 

Ayollar oʻrtasida esa
“Navoiyazot” vakili Achilova Nozima - 1-oʻrin,
“Ammofos” vakili Amanova Nargiza - 2-oʻrin,
“Maxam-Chirchiq” vakili Galiullina Liliya 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.


“Mustaqillik kubogi” doirasidagi sport musobaqalari tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida sogʻlom raqobat, jamoaviylik va doʻstona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.