Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"Mustaqillik kubogi": mini-futbolda kuchlilar aniqlandi

// 19 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (7.62 MB)

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ”O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar xodimlari o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan "Mustaqillik kubogi" musobaqalari doirasida mini-futbol bahslari ham yuqori shijoat va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.


 

Bir necha jamoa ishtirokida kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar g‘oliblik uchun bor kuch va mahoratini ishga soldi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
 
1-o‘rin — "Maxam-Chirchiq" AJ jamoasi;
2-o‘rin — "Qizilqum fosforit kompleksi" jamoasi;
3-o‘rin — "Qo‘ng‘irot soda zavodi" jamoasi.


Sport musobaqalarining tashkil etilishi tarmoq korxonalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda faol va sog‘lom ish muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.



"Mustaqillik kubogi" doirasidagi musobaqalarning keyingi bahslari ham qizg‘in davom etmoqda.