Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Muloqot — murojaatlar yechimiga xizmat qiladi

// 12 October 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (871.63 KB)



Korxonada “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda jamiyatda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha muloqot olib borildi.



Qabul davomida ayollar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, jamoadagi ma’naviy-ruhiy muhit, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, malaka toifasini belgilash bo‘yicha sinovlarga oid savollar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mehnat qonunchiligi talablari, xodimlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Muloqot jarayonida ishtirokchilarning taklif va mulohazalari, ish faoliyati davomida duch kelayotgan masalalari diqqat bilan tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar taqdim etilib, ularni o‘rganish va ijobiy hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.



Bunday sayyor qabullar xodimlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, xotin-qizlarning mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning kasbiy rivojlanishi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratish imkonini beradi.