Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Kelajak muhandisi” respublika tanlovi bo'lib o'tadi

// 20 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.72 KB)

Agar siz muhandislikka qiziqsangiz va innovatsion fikrlaringiz va ishlanmalaringiz bo‘lsa, bu tanlov siz uchun ajoyib imkoniyat!

Tanlov "Eng yaxshi g’oya", "Eng yaxshi loyiha", "Eng yaxshi ixtiro" yo'nalishlari bo'yicha bo'lib o'tadi. 

Kimlar tanlovda ishtirok eta oladi:

  • amaliyotchi muhandislar - sanoat korxonalari va texnopark mutaxassislari, doktorantlar va tadqiqotchilar  (40 yoshgacha)
  • OTMlarda faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar (40 yoshgacha)
  • bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari 

Tanlov g'oliblari uchun sovrinlar esa quyidagicha:

1-o'rin -  9 nafar g‘olibga -  elektromobil 
2-o'rin -  chet elda malaka oshirish 
3-o'rin -  pul mufokotlari

Arizalarni topshirish uchun muhandis.edu.uz
http://muhandis.edu.uz da ro'yxatdan o'ting!

Arizalar 31-mart kunigacha qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: 
+99898 55 520-08-08
+99898 90 065-05-09

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati