Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatidagi ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksini ishga tushirish-sozlash ishlari boshlandi

// 05 November 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (187.51 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “Navoiyazot” AJdagi investitsion loyihalar ijrosi jumladan, korxonadagi ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksida olib borilayotgan so'nggi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Shu yerning o'zida Yaponiyaning “Mitsubisi Heavy Industries” hamda “Mitsubisi Corporation” kompaniyalarining ishlab chiqarishdagi mas'ullari bilan loyihani ishga tushirish-sozlash ishlarini yanada jadallashtirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Shundan so'ng ammiak va karbamid ishlab chiqarish rahbar-xodimlari bilan kompleks ko'zdan kechirildi hamda ilk mahsulot olish ishlarini tezlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Hozirgi kunda kelishilgan grafikka asosan ammiak ishlab chiqarish qismida tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi va tegishli texnologik qurilmalarda sozlash ishlari olib borilmoqda.

Tashrif chog'ida korxonadagi PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi faoliyati ham o'rganildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar muhokamasi bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida yil yakuniga qadar 16 ming tonna PVX ishlab chiqarish bo'yicha grafik tasdiqlandi va nazoratga olindi.

Videokonferents-aloqa orqali esa Xitoyning “China CAMC Engineering Co., LTD” va “HQC Shanghai Company” kompaniyalari vakillari bilan PVX-2 loyihasini amalga oshirish ishlari bo'yicha muzokaralar o'tkazildi va “Navoiyazot” AJ Bosh rejasiga asosan PVX-2 loyihasini qurish uchun hududni tayyorlash jarayoni o'rganildi.

 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati