Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Mehnat muhofazasi bo‘yicha muloqot tashkil etildi

// 17 September 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (267.65 KB)

Korxonaning ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

Muloqot chog‘ida baxtsiz hodisalarning oldini olishda shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri va doimiy foydalanish, mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya qilish, ishlab chiqarish va sexlardagi texnologik jarayon nazoratida mas’uliyatli bo‘lishga oid tavsiyalar berildi.Xodim unga nisbatan chora ko‘rilishining xavfi borligi uchun emas, avvalo o‘z salomatligi va hayotini muhofaza qilish maqsadida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishi zarurligi ta’kidlandi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI