Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Maqsad ishlab chiqarishda ekologik tozalikni taʼminlash, chiqindisiz texnologiyalarni va atrof-muhitni saqlash dasturlarini joriy etish

// 06 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (256.04 KB)

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonida hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida yirik sanoat korxonalari tashlamalarini keskin qisqartirish maqsadlari ilgari surilgan.

Shu oʻrinda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida hukumat qaroriga asosan, ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tarmoqni chiqindisiz sohaga aylantirish, shuningdek, aylanma iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlash joiz, kimyoviy chiqindilarni utilizatsiya qilish xavfsiz ishlab chiqarish ishlarini taʼminlaydigan, shuningdek, atrof-muhitga minimal zarar yetkazadigan muhim jarayondir. “Oʻzkimyosanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarda hosil boʻlgan chiqindilarni utilizatsiya qilish ishlari raqamlarda tahlil qilinadigan boʻlsa, shu yilning I choragida 12 700 tonna, 6 oyligida 17 300 tonna, 9 oyligida esa 21 300 tonna chiqindi utilizatsiya qilingan.

Shu oʻrinda bir taqqos — chiqindilar hajmi joriy yilning 9 oyida 2023-yilning shu davriga nisbatan 9 076 tonnaga kamaygan.  Albatta, bu tarmoq korxonalari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi natijasidir.

Qolaversa, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash orqali kerakli xom ashyoga aylantirish kabi innovatsion texnologiyalarning keng joriy qilinayotgani ham chiqindilar hajmini yanada kamaytirish imkonini bermoqda. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati