Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

O'zbekiston va Ispaniya kimyo sanoatidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildi

// 10 April 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (68.85 KB)

Madridda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Jo'rabek Mirzamahmudov Ispaniya sanoat, savdo va turizm vazirligi Davlat kotibi Shiana Mendes bilan muzokaralar o'tkazdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligigidagi elchixonasi ko'magida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston kimyo sanoatida Ispaniya kompaniyalari bilan hamkorlikning keyingi istiqbollari, xususan, “Maksam” kompaniyasi bilan mamlakatimizda muvaffaqiyatli tashkil etilgan minirel o'g'itlar ishlab chiqaruvchi “Maksam-Chirchiq” va “Ammofos-Maksam” korxonalarining faoliyati muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Toshkentda joriy yilning ikkinchi yarmiga belgilangan Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig'ilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning takliflari ko'rib chiqildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati