Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“kun.uz” veb-saytida joylashtirilgan axborotga raddiya javobi

// 17 December 2015 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (44.67 KB)

Joriy yil 15 dekabrda  “kun.uz”   internet nashrida joylashtirilgan “O'zbekistonda  500 million  dollarlik  kimyo  zavodi quriladi” deb nomlangan axborotga  “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati o'z munosabatini bildirishni lozim deb topdi.
Birinchidan, “Uzkimyosanoat” AJ vakillari xabarda keltirilgan “Daniyaning  Intex Engineering, Italiyaning Smet Balestra va Finlyandiyaning Outotec kompaniyalari bilan hech qachon, hech qanday muzokaralar olib bormagan.

Aslida, 2015 yil 5-6 noyabr kunlari Toshkentda o'tkazilgan Xalqaro investitsion anjumani doirasida “O'zkimyosanoat” AJ Ispaniyaning Intecsa Ingenieria Industrial S.A., Italiyaning Desmet Ballestra va Germaniyaning Outotec kompaniyalari bilan 2020 yiligacha Navoiy viloyatida murakkab o'g'itlar ishlab chiqarish loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo'yicha o'zaro hamkorlik to'g'risida Memorandumi imzolandi.

Ikkinchidan, xabarda keltirilgan  “loyihaning umumiy qiymati 500 million AQSh dollari bo'lib, shundan 400 mln dollari xorijiy hamkorlar tomonidan investitsiya qilinadi” jumla ham erishgan kelishuvga mutlaqo zid, chunki imzolangan memorandumda bunday majburiyatlarni hech qaysi tomon o'z zimmasiga olmagan. Loyiha qiymati faqatgina dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan keyin aniqlanadi.

Yuqorida zikr etilgan dalillardan kelib chiqib, “kun.uz”   internet nashri tahririyatiga qo'liga tushgan shu kabi xabarlarni chop etishdan oldin yaxshilab tekshirib ko'rish maslahatini bermoqchimiz.