Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan ichki meʼyoriy hujjatlar boʻyicha seminar oʻtkazildi

// 05 October 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (568.89 KB)

Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda. Korxonalarga ishga kirayotgan yosh xodimlarni bu borada huquqiy madaniyatini oshirish dolzarb vazifalardan biridir.

Joriy yilning 3-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati va jamiyatning xodimlar bilan ishlash boʻlimi tomonidan ishga kirgan yosh xodimlar uchun seminar oʻtkazildi.

Tadbir davomida yosh xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, farmonlar hamda “Oʻzkimyosanoat” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Xizmat odobi kodeksi”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” va “Sovgʻalar berish va olish siyosati” kabi ichki meʼyoriy hujjatlar toʻgʻrisida  tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, maʼruzachi seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Jumladan, Oʻzbekiston Republikasining “ 61¹-modda, 193¹-modda, 193²-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarliklar belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167-moddasining ikkinchi qismi “g” bandi, 168-moddasining uchinchi qismi “v” bandi, 192/9-modda, 192/10-modda, 205-modda, 209-modda, 210-modda, 211-modda, 212-modda, 214-modda, 243-modda,  hamda 301-moddasida koʻrsatilgan jinoyatlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar turkumiga kirishi maʼlum qilindi.

Yakunda seminar ishtirokchilari bilan savol-javoblar oʻtkazilib, korrupsiyaga qarshi targʻibot tadbirlari rejali tarzda muntazam oʻtkazilishi belgilab olindi.