Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Oʻzbekistonda kimyo texnologiyalari markazining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan xalqaro shartnoma – muhokama bayonnomasi imzolandi

// 28 June 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.52 MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 28-dekabrdagi PQ-67-son qarori ijrosi doirasida “Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazini tashkil etish” investitsiya loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda, ushbu ilmiy markaz faoliyatini samarali tashkil etish hamda uning salohiyatini oshirish boʻyicha 7 mln. dollar miqdoridagi grant mablagʻlari ajratilishi belgilangan boʻlib, joriy yil 24-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan agentlik oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma – muhokama bayonnomasini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Shartnoma doirasida ilmiy markaz faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha agentlik tomonidan ajratiladigan 7 mln. dollar miqdoridagi grant mablagʻlari hisobidan birgalikda Bosh reja ishlab chiqish, uning salohiyatini oshirish boʻyicha fan doktorlari (PhD), magistrlar hamda laboratoriya xodimlarini tayyorlash, shuningdek, xodimlar malakasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-maydagi 06/1-3254-son topshirigʻiga muvofiq ilmiy markazni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida, hozirgi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda, 2023-yildan boshlab kimyo sohasida PhD (PhD, 10 nafar) va magistratura (12 nafar) yoʻnalishida taʼlim olish uchun tanlov asosida Koreya Respublikasiga talabalarni yuborish boʻyicha tanlovlar eʼlon qilindi. Ushbu tanlovlarni samarali hamda keng qamrovda tashkil etish maqsadida, ommaviy axborot vositalari, rasmiy telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda tanlovlar toʻgʻrisida eʼlonlar berilib, keng yoritildi.