Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti kimyo-texnologiya innovatsiya markazini tashkil etish” loyihasi doirasida shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi

// 13 September 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (24.32 MB)

Joriy yilning 12-sentabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda “Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti kimyo-texnologiya innovatsiya markazini tashkil etish” loyihasi doirasida loyiha bosh pudratchisi bilan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati, Hyundai Corporation katta vitse-prezidenti - Choy In-Bom, jamoa rahbari Kvak Xo-Min, “Bomi Engineering & Construction Co., Ltd.” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Kang Chang Hun va "SeAH" kompaniyasining xalqaro biznes boʻlimi rahbari Jong Jun-Yon ishtirok etishdi. 

“Koreya-Oʻzbekiston” ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti kimyo-texnologiya innovatsiya markazi” “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va “Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Marosimda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “Hyundai Corporation” tarkibidagi “Hyundai”, “Bomi”, “SeAH” kompaniyalari oʻrtasida toʻrt tomonlama shartnoma imzolandi. 

Ushbu markaz respublikamiz kimyo sanoatiga zamonaviy xorijiy tajribalarni jalb qiligan holda, soha mutaxassislarining kasbiy koʻnikma va bilimlarini oshirish, ilm-fan, loyihalash va ishlab chiqarish oʻrtasida chuqur integratsiyalashuvini taʼminlash, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng jalb qilishga xizmat qiladi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati