“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid “Jamiyatning korruptsiyaga qarshi siyosati”, “Axloq kodeksi”, “Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJda kontragentlarini tekshirish bo'yicha qo'llanma, “Jamiyat tomonidan tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning ichki tekshiruvlarini o'tkazish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning aloqa kanallari orqali olingan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash to'g'risida nizom”, “Sovg'a berish va qabul qilish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish va biznes mehmondo'stlik qabul qilish siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning xayriya va homiylik faoliyati to'g'risidagi siyosati”, “O'zkimyosanoat” AJning Komplaens xizmati to'g'risida nizom” va boshqa hujjatlar qabul qilindi.
Mazkur ichki me'yoriy-huquqiy hujjatlar o'rnatilgan tartibda jamiyat xodimlariga tanishtirildi va doimiy ravishda elektron tarzda axborot olish uchun jamiyatning ichki tarmog'ida va rasmiy veb-saytida joylashtirildi. Bundan tashqari, “O'zkimyosanoat” AJ rasmiy veb-saytiga ham “Jamiyatning korruptsiyaga qarshi siyosati”, “Axloq kodeksi” va “Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati” joylashtirildi.
Hisobot davrida “Navoiyazot” AJ, “Farg'onazot” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Jizzax plastmassa” AJ va “Birinchi rezinatexnika zavodi” MChJda komplaens xizmatlari tashkil etilib, mazkur ichki me'yoriy hujjatlar to'liq ichki buyruqlar bilan tasdiqlandi va xodimlarga tanishtirildi.
“O'zkimyosanoat” AJda korruptsiyaga qarshi talablar va axloqiy me'yorlarga va qonun hujjatlariga qat'iy amal qilishga doir bevosita jamiyat boshqaruv raisi tomonidan 4 ta tadbir o'tkazildi va unda tizim korxonalarida mazkur sohadagi kamchiliklar e'tirof etildi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy-me'yoriy hujjatlar talablari asosida tashkil etilgan ishlar va axborot kanallari orqali kelgan ma'lumotlar tahlili natijasida “O'zkimyosanoat” AJ korruptsiogen holatlar 5 ta yo'nalishda qayd etilganligini kuzatish mumkin.
1. Fuqarolarni ishga olish va mehnat munosabatlarida manfaatlar to'qnashuvi.
2. Xaridlarni tashkil etish sohasida.
3. Korxona omborxonalaridagi tovar-moddiy boyliklarini va tayyor mahsulotlarni saqlash sohasida.
4. Logistika-transport vositalarini texnik ekspluatatsiyasi sohasida.
5. Tarmoq korxonalari mas'ul xodimlari tomonidan o'z xizmat vakolatidan foydalangan holda ta'magirlik qilish.
2021 yil 1 iyul holatiga jismoniy va yuridik shaxslardan kimyo sanoati korxonalarga kelayotgan murojaatlarning asosiy qismi ya'ni 47 foizida kimyo sanoati korxonalariga ishga olish, mehnat munosabatlaridagi muammolar mavjudligi ma'lum qilingan.
Mehnat munosabatlarida qonun buzilish holatlarini o'rganish maqsadida jami 26 ta xizmat surishtiruvi o'tkazilgan, natijalari bo'yicha tegishli xulosalar rahbariyatiga taqdim etilgan.
Tizim korxonalari tomonidan hisobot davrida 3085 ta shartnoma tuzilgan. Tuzilayotgan shartnomalarning tashabbuskor tomonidan kontragentlarni o'rganish orqali uning ishonchliligi, moliyaviy barqarorligi, davlat amaldorlari bilan aloqadorligi, manfaatlar to'qnashuvi mavjudligini tekshirish orqali bo'lishi mumkin bo'lgan xavflarni kamaytirish ishlari faqatgina 20% shartnomalarda amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, kimyo sanoati korxonalarining 2021 yil uchun biznes rejasidagi sovg'a berish, vakillik xarajatlarini optimallashtirish natijasida 1,6 mlrd. so'm miqdoridagi mablag'lar tejalishi bilan birga korruptsion holatlarning oldi olingan.
Tizim korxonalari tomonidan tayyor mahsulotni saqlovga berilgan tadbirkorlik sub'ektlarida 58,4 mlrd. so'mdan ortiq mineral o'g'itlar kamomadi aniqlandi.
Shu bilan birga tarmoq korxonalarda 4,0 mlrd. so'mga yaqin mineral o'g'it, 500,0 mln. so'mdan ortiq tovar moddiy boyliklari va 100,0 mln. so'mdan ortiq yoqilg'i-moylash materiallarini talon-taroj qilishning oldi olindi.
Bundan tashqari kimyo korxonalarida metallolom yig'ish va boshqa xarajatlar uchun ishchi xodimlardan pul yig'ishga holatiga chek qo'yildi.
“O'zkimyosanoat” AJda tasdiqlangan “Yo'l xaritasi”da tizim korxonalari xodimlari o'rtasida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mas'ul xodimlari hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o'qituvchilari ishtirokida 4 ta seminar o'tkazildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Sirdaryo viloyati prokuraturasi taqdimnomalari asosida jinoyat ishi doirasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda jamiyat xodimlari orasida iqtisodiy jinoyatlarga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish va jinoyatlarning oqibatlari xususida 3 ta tushuntirish profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
“O'zkimyosanoat” AJ xodimlarda qabul qilingan me'yoriy hujjatlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash hamda korruptsiyaga nisbatan huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini baholash maqsadida test sinovlari o'tkazildi va unda jamiyatning 73 nafar xodimi “Test.uks.uz.” platformasi orqali test sinovlarida katnashdi. Test savollari natijasida aniqlangan ko'rchatkichlar asosida xodimlarning keyingi o'quv-seminarlarda tushuntirish proflaktik tadbirlar yo'nalishi belgilab olinadi.
Jamiyat va tizim korxonalari xodimlarda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida kompalens xizmati xodimlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida 97 ta tushuntirish-profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.