Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi

// 27 May 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.13 MB)

Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi

Mazkur forumda “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ, "Farg'onaazot" AJ, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari - jami 200 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.

Dastlab ishtirokchilar D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurishdi. Ilm dargohida sohaning boʻlajak mutaxassislari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. 

Shuningdek, ishtirokchilar Chirchiq kimyo-industrial texnoparkiga ham ekskursiya tashkil etildi. Texnoparkda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. Yosh mutaxassislar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi. 

Forumning asosiy tadbirlari "Kimyogar" sog'lomlashtirish oromgohida boʻlib oʻtadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati